Fernandino: "Angliya chempioni bo'lish uchun 6ta jamoa kurash olib boradi"

Tolibjon Qosimov
29 okt 2013, 12:35
"Manchester Siti" vakili Fernandino Angliya chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Angliya chempioni bo'lish uchun ko'plab jamoalar kurashishadi: "Tottenxem", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Chelsi". Oltita klub".

"Chempionatni yaxshi boshladik, keyin biroz pasayish bo'ldi, endi yana birlasha olamiz. Chempionlar ligasidagi maqsadimiz ham aniq. Biz finalga chiqmoqchimiz".

"Mavsumni yangi tarkib bilan boshladik. Boshida biroz og'ir bo'ldi, ammo ayni paytda barchasi joyida".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru