Fernandesh: "O'tgan mavsumdagi o'sha-o'sha xatolarni yana qildik"

23 avg 2026, 08:10
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh "Xall Siti"dan uchragan mag'lubiyatdan so'ng o'z jamoasining standart vaziyatlardagi o'yinidan nolidi.

"Yunayted" Premer-liganing yangi mavsumini mehmonda "Xall"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lish bilan boshladi. Birinchi gol burchak zarbasidan so'ng, ikkinchisi esa jarima zarbasidan so'ng o'tkazib yuborildi.

Fernandesh "Yunayted" go'yoki o'tgan mavsumning birinchi yarmidagi holatiga qaytib qolgandek his qilmoqda, o'shanda jamoa standartlardan muntazam ravishda gol o'tkazib yuborar edi.

"O'tgan mavsumdagi kabi xatolar, raqibga to'p bilan haddan tashqari ko'p imkoniyat berib qo'ydik.

Dastlabki 20 daqiqada raqib darvozaboni eng ko'p to'pga teginganlardan biri bo'ldi. Biz ko'proq pressing qilishimiz, agressiv bo'lishimiz kerak, shuningdek, yana standartlar ustida ishlashimiz va bunday gollarni o'tkazib yubormasligimiz lozim.

Bunday jamoalarga qarshi o'ynaganingizda, ular aynan mana shunday fursatni kutishadi. Biz o'yindan oldin ham standartlar ular o'yinining muhim qismi ekanini bilar edik. Butun mavsum oldi tayyorgarlik davrida ular to'rtta himoyachi bilan o'ynashgan edi, ammo bizga qarshi boy-bast qo'shish va bunday vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilish uchun beshta himoyachini maydonga tushirishdi.

Eng alam qilgani - biz o'yinni boy berganimiz bo'ldi", - deydi Fernandesh "TNT Sports"ga.

O'xshash yangiliklar


Manba: TNT Sports