Fergyuson ketganidan beri MYU bo'shatilgan murabbiylar uchun 45 mln evro sarflagan

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 01:37
Ser Aleks Fergyuson 2013 yilda "Manchester Yunayted"ni tark etganidan beri klub to'rt marta bosh murabbiyni iste'foga chiqargan.

Manbaning takidlashicha, mankunianlar uchun bu jarayon arzonga tushmagan.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, MYU bu vaqt uchun taxminan 45 million evro jarima to'lagan. 2014 yilning aprelida Devid Moyes sakkiz yarim million tovon puli oldi, 2016 yilning may oyida Lui van Gal Manchesterni o'n million bilan tark etdi, Joze Mourinyu 2018 yilning dekabrida (18 million) to'lov miqdori bo'yicha rekordchiga aylandi hamda yaqinda Ole-Gunnar Sulsher klubni to'qqiz million evroga "tushirdi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Nation