

Fransiyalik o'sha paytda tekinga "Yuventus"ga o'tgan, to'rt yil o'tib MYU Pogbani 105 mln. evroga sotib oldi.
"Pol Pogba bizga yaxshi ma'lum. U yaxshi futbolchiligini bilardik, unga eng yaxshi shartnomani taklif qildik, ammo Pogbaning agenti yomon bo'lgan. Rayola - bir qop axlat" - deydi Fergyuson.
Shotlandiyalik mutaxassis birinchi marotaba Rayolani tanqid qilayotgani yo'q. Fergyuson o'z avtobiografiyasida unga yoqmaydigan bir-ikki agent borligini, ulardan biri Mino Rayola ekanligini yozgan.



