Ferdinand: "Yoshligimda juda ham ko'p ichardim, ammo..."

Mirjalol Normatov
22 yanv 2019, 18:59
"Vest Xem", "Manchester Yunayted" va Angliya termasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand yoshligida alkogolni yaxshi ko'rganini aytdi.

"Juma kuni do'konga borardim va bir pintani (0,57 litr) "Ginnes"ni bir ko'tarishda ichardim.

Yoshligimda necha pint ichardim? Sakkiz, to'qqiz, o'n... Shundan keyin aroqqa o'tardim (kuladi). Men shunday edim, organizmim buni ko'tara olardi.

Ammo o'yindan oldingi kun umuman ichmasdim. Bu mening madaniyatim edi (kuladi)", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports