Ferdinand: “Sterlingning mardligi va harakatchanligi umid uchun sababdir”

Tolibjon Qosimov
15 iyun 2014, 15:45
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Raxim Sterling nomiga iliq so'zlar aytdi va ilk o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, Angliya terma jamoasi guruhdan chiqishiga ishonmoqda.
“Ilk o'yindagi mag'lubiyat – bu jiddiy zarba va Angliyaning guruhdan chiqishi qil ustida turibdi. Ammo men ko'proq yaxshi yakunga ishonaman. Roy Hojsonning Sterlingga ishonchi va bu futbolchining mard va harakatchanligi umid uchun sababdir” – deb hisoblaydi Ferdinand.

“Sterling 19 yoshida beshinchi bor terma jamoa safida maydonga tushdi va har safar jamoaga yangi havo olib kirdi. U hujum qildi, rosa harakat qildi, va g'alabaga intildi. Uelbek ham jamoaga jon kiritdi, ammo u ehtiyotkorroq edi”.

Angliya jahon chempionatidagi birinchi o'yinida Italiya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com