"Fenerbaxche" jamoaga Yoaxim Lyovni olib kelmoqchi

Alisher
25 mar 2021
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov milliy jamoadan ketganidan so'ng faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

"Fenerbaxche" 61 yoshli mutaxassisga qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, Yoaxim Lyov Evro-2020dan so'ng Germaniya terma jamoasidan ketadi. U nemislarni 2006 yildan beri boshqarayotgan edi.

Ta'kidlab o'tish kerakki, Yoaxim Lyov o'zining orzusini amalga oshirmoqchi, aniqrog'i u Ispaniyada ishlamoqchi.


AlisherMuallif
Manba: Bild