"Fenerbahche" hujumchisiga "Lester" da'vogarlik qilmoqda

22 yanv 2020, 01:44
Bu haqida "Haber Global" nashri xabar tarqatdi.

Istanbulning "Fenerbahche" klubi hujumchisi Maks Kruze Turkiya superligasini tark etish arafasida turibdi. Ayni paytda klub moliyaviy muammolarga duch kelganligi bois jamoa rahbariyati bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qilgan. Ular orasida germaniyalik 31 yoshli hujumchi ham bor. Takidlanishicha, Kruzega "Bayer", "Betis" va "Lester" klublari da'vogarlik qilishmoqda.

Ma'lumot uchun, Maks joriy mavsum Turkiya chempionatining 13 uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 6 marta jamoadoshlariga shunday imkoniyatni yaratib berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Haber Global