Feliks “Liverpul”ga qarshi bahsgacha safga qaytishi mumkin

31 yanv 2020, 09:14
Madrid klubi shunga umid qilmoqda.

“Atletiko” “Liverpul”ga qarshi YCHLning 1/8 finalidan o'rin olgan bahsga qadar jamoa a'zosi Joau Feliksning safga qaytishiga ishonmoqda. Futbolchi “Leganes”ga qarshi (0:0) bahsda o'ng oyoq mushaklaridan jarohat olgandi.

Ushbu jarohat sabab Feliks 1 fevralda bo'lib o'tadigan “Real”ga qarshi Madrid derbisini o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, “Atletiko”-“Liverpul” bellashuvi 18 fevralda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com