Fayzullaevning o'zi Galatasaroyning qizishi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
31 mar 2025, 09:20
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Galatasaroyning qiziqishi haqidagi savolga javob berdi.

Bu haqida gapirishni istamayman. Bu haqida o'ylash vaqti emas deb o'ylayman. Meni SSKA bilan shartnomam bor va boshqa jamoalarning qiziqishi haqida gapirish SSKAga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi. Hozirda bor e'tiborimni SSKAga qaratganman, - dedi Abbos.

Eslatib o'tamiz, Abbosning SSKA bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru