Fayzullaevning agenti Bavariyaning qiziqishi haqida fikr bildirdi

Khoja
4 iyul 2024, 09:18
Abbosbek Fayzullaevning agenti German Tkachenko mijoziga Bavariya tomonidan bo'lgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

Bavariya Abbosbek Fayzullaev bo'yicha qo'ng'iroq qildi, ular futbolchini aniq sotib olish haqida gapirishmadi. Shunchaki, futbolchining transfer statusi haqida ma'lumot olishdi, Abbos ularning skautlar ro'yxatida bor. Ular futbolchining narxi va shartnomasi haqida so'rashdi, - dedi German Tkachenko.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan yilning yozida SSKA safiga ko'chib o'tgandi. Hamyurtimiz o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt oralig'ida 5 ta gol urdi va 14 ta golga assist qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com