Faxriylar turniri tugadi. "Olmazor" - chempion!

Xayrulla Xoliqov
16 yanv 2022
25 dekabr kuni start berilgan futbol faxriylari o'rtasidagi musobaqa bugun o'z nihoyasiga etdi.

Jami 16ta jamoa qatnashgan ushbu turnir O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil qilindi.

Bugun Toshkent shahar futbol akademiyasi maydonida dastlab 3-o'rin uchun bahs, so'ngra hal qiluvchi final o'yini o'tkazildi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda "Intersport" "Polyot" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 6:0 hisobida zafar quchdi va bronza medallarga ega chiqdi. 

Final uchrashuvida "Olmazor" va "Billur" jamoalari o'zaro to'qnash kelib, bunda "Olmazor" futbolchilari 3:0 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. "Billur"ga esa ikkinchi o'rin nasib etdi.



16 yanvar. TFA stadioni

3-o'rin uchun bahs. "Intersport" - "Polyot" 6:0

Final. "Olmazor" - "Billur" 3:0



Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Shuningdek, eng yaxshilar ham taqdirlandi. 

Eng yaxshi darvozabon - Odiljon Ro'ziev ("Billur")

Eng yaxshi to'purar - Baxtiyor Salimov ("Olmazor", 7ta gol)

Musobaqaning Eng yaxshi futbolchisi - Qahramon Muhammedov ("Olmazor")



Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqaning bosh tashkilotchisi O'zbekiston "VETERAN" jangchi-faxriylar birlashmasi bo'lib, turnir Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi, Mudofaa Vazirligining faxriylar ishlari bo'yicha Markaziy kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o'tkazildi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia