Fati "Barselona" mashg'ulotlarida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2020, 22:06
"Barselona" vingeri Ansu Fati jarohat tufayli safdan chiqdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.

17 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" mashg'ulotlari chog'ida jarohatlandi.

Kataloniyalik tarbiyalanuvchining tiklanish muddati hali noma'lum.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" yangi mavsumni 27 sentyabr kuni boshlaydi. Shu kuni "Kamp Nou"ga "Vilyarreal" jamoasi tashrif buyuradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com