Farhod Bekmuratov: "O'z maydonimizda g'alaba qozona olmaganimizdan afsusdamiz"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2021, 21:59
"Qo'qon-1912"ning mahoratli yarim himoyachisi Farhod Bekmuratov "Qizilqum" bilan o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ikki jamoa ham yaxshi o'yin o'tkazdi. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. O'zim ham gol urishim mumkin edi. Qisqasi omadimiz kelmadi. Namoyish qilgan o'yinimiz muxlislarga yoqqan bo'lsada, tarixda natija qoladi. O'z maydonimizda g'alaba qozona olmaganimizdan afsusdamiz. Keyingi o'yinlarda muxlislarimizga g'alaba tortiq qilishga harakat qilamiz. Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rganimiz samarasini berishiga ishonaman. Muhimi ishtiyoq va o'zimizga bo'lgan ishonch bor",- deydi Bekmuratov. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia