Farg'ona viloyati mini-futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur turnirda vodiyning 11 ta jamoasi ishtirok etmoqda. Har yakshanba kunlari o'tkazilayotgan o'yinlarda Farg'ona, Andijon, Namangan, Marg'ilon shahridan ikkitadan jamoa, Oltiariq va Rishton tumanidan bittadan jamoa, shuningdek, “Neftchi” yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, joriy yildan boshlab, “Neftchi” tassarufida ham mini-futbol jamoasi tuzildi. Mazkur turnir orqali ushbu jamoaga yosh iqtidorli futzalchilarni tanlab olish maqsad qilingan.
Bu hali hammasi emas Farg'ona viloyati mini-futbol assotsiatsiyasi vodiy jamoalari o'rtasida “Vodiy Kubogi” musobaqasini tashkil etishni maqsad qilgan. Undan ishtirok etishni istovchi jamoalar Farg'ona viloyati mini-futbol assotsiatsiyasiga murojaat etishlari mumkin.
A. Dehqonov