Farg'onada bugundan pulka o'yinlari boshlanadi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2015, 09:02
Avval xabar berganimizdek, birinchi liga yo'llanmasi uchun kurashyotgan jamoalar pulka o'yinlarini Farg'onada o'tkazadi.
Kecha ishtirokchilar nomi rasman aniq bo'ldi va shunga monand qur'a tashlandi. Mazkur o'tish turnirida ishtirok etishi kutilgan “Guliston” jamoasi esa Farg'onaga tashrif buyurmagan. Shu bois 7ta jamoa birinchi liga yo'llanmasi uchun ikki guruhga bo'lingan xolda, o'zaro kuch sinashadigan bo'ldi.  Unga ko'ra “A” va “V” guruhlari quyidagicha ko'rinish oldi.  

“A” guruhi
“FarDU” - Farg'ona
“Buxoro-2” - Buxoro
“Namuna” - Toshkent

“V” guruhi
“AOZK” - Andijon
“Lokomotiv-BFK” - Toshkent
“G'allakor” - G'allaorol
“Norin” - Haqlabod

“A” guruhidan o'rin olgan jamoalarning o'yinlari “Spartak” stadionida o'tadi. “V” guruhi qatnashchilari esa “Neftchi SK” stadionida o'ynaydigan bo'ldi. Bu haqda keyinroq yana ma'lumot berib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia