“Farg'ona viloyati Hokimi Kubogi-2017” kundaligi: To'qqizinchi kun

Narzulla Saydullayev
4 fev 2017, 08:07
“Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasining “S” va “D” guruhi vakillari oxirgi tur o'yinlarini o'tkazishdi.


“Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasining “S” va “D” guruhi vakillari oxirgi tur o'yinlarini o'tkazishdi. Kecha musobaqada beshta uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

“Toshloq”ning g'alabasi

“S” guruhidagi oxirgi turda “Toshloq” futbolchilari “Neftchi-2” vakillariga qarshi maydonga tushib, 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu uchrashuvda ham toshloqliklar yetakchisi Doston Tursunzoda o'z hisobiga yana ikkita gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

photo_2017-02-03_17-03-49

“Toshloq” jamoasi musobaqaning kashfiyotlaridan biri bo'ldi, deyish mumkin.

Guruhning ikkinchi o'yinida esa “Yozyovon lochinlari” Marg'ilonning “Farovon” klubiga yutqazib qo'ydi. Natijada birinchi liga vakili o'z guruhida so'nggi o'rinni egalladi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“S” guruhi

5-tur

3 fevral

Farovon – Yozyovon – 2:1

Neftchi-2 Toshloq – 3:4

Yakuniy jadval:

Neftchi-2430113-89
Farovon42025-76
Barkamol avlod412111-115
Toshloq41217-75
Yozyovon lochinlari40227-102

 

“Mashal-2”da yana yirik g'alaba

Muborakliklar bu safar ham raqiblarini yirik hisobda tor-mor keltirishdi. “Mashal-2” so'nggi turda Sirdaryo yoshlar terma jamoasini 7:1 hisobida dog'da qoldirdi.

“Qo'qon-1912” yoshlari ham turnirni g'alaba bilan tugatishdi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari 12 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallashdi.

 

“D” guruhi

4-tur

“Qo'qon-1912-2” – “O'z Tong Xong Ko” – 2:0

Gollar: Islom Karimov, Dilshod Baratov.

“Qo'qon-1912-2”: 30. Islom Abdullaev, 20. Shoxrux Xolmatov, 15. Sardor Isaqov, 5. Doniyor To'lashev, 26. Dilshod Baratov, 7. Iqbol Malikjonov, 22.Orif Mamajonov, 27. Ismoil Oxunjonov, 88. Ibrohim Muxtorov, 8. Islom Karimov, 9. Doston Meliqo'ziev.
Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 4. Sardor Baratov, 3. Mo'min Sodiqjonov, 23. Ramzbek Isaqov, 17. Rustem Asanov, 14. Ibrohim Ahmadjonov, 56. Dadaxon Sulaymonov.

“O'z Tong Xong Ko”: 1. A. Obabakirov, 18. J. Yuldashev, 77. A. Abdullaev, 3. F. G'ofurov, 13. A. Solioxunov, 5. A. Iminov, 25. B. Ismoilov, 8. A. Arziev, 21. I. Ahmedov, 19. A. Abduqodirov, 20. A. Yuldashev.
Zaxira: 22. I. Zuhriddinov, 22. M. Meliboev, 7. J. Ibragimov, 4. J. Nuriddinov, 10. A. Qahhorov, 15. E. Rahmatullaev, 23. S. Yuldashev.

Cementchi-2 – FarDU – 3:2

Mashal-2 – Sirdaryo yotj – 7:1

Yakuniy jadval:

Mashal-2541018-313
Qo'qon-1912-254019-412
FarDU521210-77
Cementchi-252038-116
O'z Tong Xong Ko52037-126
Sirdaryo yoshlar tj50054-180

 

BUGUN SO'NGGI YARIM FINALCHI MA'LUM BO'LADI

Bugun guruh bosqichining oxirgi o'yinlari bo'lib o'tadi. Avvaliga “Norin” va “Andijon” vakillari maydonga tushishadi. Kunning ikkinchi uchrashuvida “Mashal-1” – “Qo'qon-1912-1” jamoalari so'nggi yarim finalchi nomiga oydinlik kiritib berishadi.


“V” guruhi

5-tur

4 fevral

Norin – Andijon soat 11:00 FarDU SM

Mashal-1 – Qo'qon-1912-1 soat 14:30 FarDU SM

 

Abror DEHQONOV

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz