Farfan: "Raul darvozabonlarning ustidan kulardi"

Tolibjon Qosimov
14 apr 2020, 06:24
Moskvaning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Jefferson Farfan "Real" sobiq forvardi Raul bilan birga to'p tepgan davrlarni eslab o'tdi.

Perulik futbolchi ispan afsonasi bilan 2010 yildan 2012 yilgacha "Shalke-04"da birga o'ynagan.

"Raul aqlbovar qilmas darajada ajoyib edi. Mashg'ulotlarda uni kuzatib shuni ko'rish mumkin: darvozabonlarning ustidan kuladi, chap oyog'i bilan, o'ng oyog'i bilan, xatto boshi bilan ham gol uradi", - deya Farfanning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.


Eslatib o'tamiz, Raul "Shalke-04" safida 100ga yaqin uchrashuvda maydonga tushgan va 40ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com