"Fanat Superliga". "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 2:3

Narzulla Saydullayev
28 mar 2020, 17:00
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta savol beriladi. O'sha jamoalar to'qnashuvi o'rtasidagi o'yinlardan kelib chiqib 2ta savol, xorij va O'zbekiston terma jamoalariga oid 2ta savol bo'ladi.

Qoida: Savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Viloyatlarda internet tezligi pastligi yoki o'chib qolishini inobatga olsak ikkinchi javob o'rtasidagi farq 1 daqiqani tashkil qilishi mumkin. Yani masalan "Andijon" muxlisi 17:45da javob bersa, "Surxon" muxlisining 17:46dagi javobi qabul qilinadi.

Agar siz "Qo'qon-1912" muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu "Bunyodkor" muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"O'yin" soat 17:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: 2019 yil bu jamoalar o'rtasidagi Qo'qonda o'tgan bahsda qanday hisob qayd etilgan edi? To'g'ri javob: 3:0.  (MMMReal  (Bunyodkor muxlisi) birinchi to'g'ri javob egasi)

2-savol: 2019 yil bu jamoalar o'rtasidagi Toshkentda o'tgan bahsda qaysi futbolchi dublga erishgan edi?  To'g'ri javob: Xurshid G'iyosov (MMMReal (Bunyodkor muxlisi) birinchi to'g'ri javob egasi) 

3-savol: Radamel Falkao qaysi terma jamoa a'zosi? To'g'ri javob: Kolumbiya (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida javob berishdi) 

4-savol: 1997 yil O'zbekiston chempioni bo'lgan klub qaysi? To'g'ri javob: MHSK (Temurbek Valiev ("Qo'qon-1912" muxlisi) birinchi to'g'ri javob egasi)

O'yin tugadi "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 2:3

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia