Falkao hakamdan nolidi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2018
Kolumbiya termasi sardori Radamel Falkao JCHning 1/8 finalida ishlagan Mark Geygerning harakatlariga baho berdi.

"O'yinga amerikalik hakam tayinlangani meni qiziqtirmoqda. To'g'risini aytsam, uning o'yindagi xatti-harakatlaridan noroziman. U faqat ingliz tilida gapirdi.

Hakam doimo bizga halaqit berib turdi. Bu holat esa bizning zararimizga ishladi. U termalarga boshqacha munosabatda bo'ldi.

U bahsli vaziyatlarda Angliya foydasiga qarorlar chiqardi. JCHning 1/8 finalda shunday hakamlik bo'lishi - sharmandalik", - dedi Falkao.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal