Falkao faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Tolibjon Qosimov
26 fev 2019
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao Italiya jamoalari bilan muzokara o'tkazish maqsadida Rimga tashrif buyurdi, deya xabar beradi "Corriere dello Sport".

Nashrning ma'lum qilishicha, Falkao dushanba kuni Italiya poytaxtiga uchib kelgan va tashrifini yashirishga uringan.

Taxminlarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi "Lacio" hamda "Milan" klublari bilan muzokara olib boradi. Mazkur ikki jamoa bugun mamlakat kubogining yarim finali doirasida o'zaro to'qnash keladi.



Radamel Falkao joriy mavsum "qizil-oqlar" safida 28ta o'yinda maydonga tushib, 10 marta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Corriere dello Sport