

Avvalgi 20ta finalda futbolchilarga jami 60ta sariq va 5ta qizil kartochka ko'rsatilgan. Faqatgina bir futbolchi Diego Maradona finallarda 2 marotaba ogohlantirilgan (1986,1990). 5ta chetlatishdan 2tasi 1990 yilgi Jahon chempionatiga to'g'ri keladi. Germaniya va Argentina o'rtasida kechgan finalda meksikalik referi Edgardo Kodesal oq-ko'klar tarkibidan Gustavo Desotti va Pedro Monsonni qizil kartochka bilan siylagan.
Eng qo'pol final JCH-2010, Ispaniya - Niderlandiya uchrashuvi hisoblanadi. Ingliz hakami Xovard Uebb ikki jamoadan jami 13 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Niderlandiyadan Jon Xeytinga chetlatish sabab muddatidan avval maydonni tark etgan.



