Fakt. "Dinamo" ketma-ket beshta o'yinda bu ishni qildi

Narzulla Saydullayev
14 may 2024, 12:16
Kecha Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda samarqandliklar so'nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga 1:1 hisobi qayd etildi.

Shunday qilib, "Dinamo" ketma-ket beshinchi o'yinda durang o'ynadi.

Abramov shogirdlari Superliganing 5-turida "Bunyodkor" bilan safarda 0:0 hisobida durang o'ynagandi. So'ngra O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida "Andijon" (2:2), "Nasaf" (3:3) va "Navbahor" (1:1) jamoalari bilan durang qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Olimpik" bilan o'yin qoldirilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia