FAKT. "Bunyodkor" - "Lokomotiv". Kubok bahslarida "temiryo'lchilar" ustun

Iskandarov Abdulaziz
19 avg 2022, 17:05
21–25-avgust kunlari O'zbekiston Coca Cola kubogining 1/8 final bosqich uchrashuvlariga start beriladi.

Dastlab "Bunyodkor" Olmaliqda "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Statistikaga e'tibor bersak, kubok bahslaridagi o'zaro o'yinlarda "temiryo'lchilar" katta farq bilan oldinda ekanligini bilish mumkin. Jamoalar O'zbekiston kubogida 2006 yildan beri 7 marotaba uchrashgan. Ularning 5tasida "Lokomotiv", 1tasida "Bunyodkor" g'alabani nishonlagan. 1ta o'yinda durangg imzo chekilgan. So'nggi 4ta o'yinning barchasida Denis Korostichenko shogirdlarining 1:0 hisobidagi g'alabasi qayd etilgan. "Qaldirg'ochlar" bu o'yinlarda raqib darvozasiga yo'l topa olishmagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia