

Taniqli insayder Fabricio Romano Lionel Messining "Inter Mayami" bilan kelishuvga erishgani, tez orada bu qaror e'lon qilinishini ma'lum qildi va o'zining mashxur "Here we go!" jumlasini ishlatdi. Transfer bozoridagi barcha yirik transferlarni deyarli 100% aniqlik bilan ma'lum qiluvchi Fabricio Romanoning bu iborasi aniq hal bo'lgan transferlarga nisbatan ishlatiladi.
Messi keyingi mavsumni MLSda boshlaydi. Bu qaror tez orada rasman e'lon qilinadi. "Barselona" garchi futbolchini ortga qaytarishga urinib ko'rgan bo'lsa ham buning iloji bo'lmadi.



