Fabregas Kurtuaga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
7 may 2020, 20:30
“Real” kiperi Tibo Kurtua La Liga joriy mavsumi muddatidan oldin tugasa, titulni jadvalda peshqadamlik qilayotgan “Barselona”ga berish adolatsizlik deb aytgandi.

Kataloniyaliklar sobiq a'zosi va hozirda “Monako”da o'ynayotgan Sesk Fabregas esa unga javob qaytardi.

“Har kim o'z qarashlarini ustun ko'radi. Biroq, agar Ispaniya chempionati muddatidan oldin yakunlanadigan bo'lsa, “Barselona” chempionlikka munosib bo'lar edi. Fransiyada mavsumning to'xtashi esa bizga bog'liq bo'lmagan holda yuz berdi”, deydi Fabregas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca