Fabio Kapello: "Rossiyaning JCHdagi maqsadi - chorak finalga chiqish"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 15:09
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello keyingi yil Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialda qanday maqsad qo'yilgani haqida aytib o'tdi.
"Jamoamiz kuchli va istalgan raqibga bosh og'riq bo'la oladi. Mundialda o'zimizni ko'rsata olamiz.

Agar aniq maqsad haqida gapirsam Rossiyani kuchli 8 jamoa orasida ko'rayapman. Maqsadimiz – chorak final.

Jahon chempionatining favoritlari Argentina va Braziliya termalari bo'ladi, Kolumbiya syurpriz taqdim etishi mumkin", – deydi Kapello La Gazzetta dello Sport nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru