Fabian Sher "Nyukasl"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018, 16:19
"Deportivo" va Shveytsariya markaziy himoyachisi Fabian Lukas Sher faoliyatini "Nyukasl"da davom ettiradi.

Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar berdi.

26 yoshli futbolchi va "Nyukasl" o'rtasidagi bitim 3 yilga mo'ljallangan.

Sher 2017 yilning yozida "Xoffenxaym"dan "Deportivo"ga o'tgan edi. U ispan jamoasi safida 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 10ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia