"Eybar" bosh murabbiyi: "Agar "Barselona" o'z darajasida bo'lsa, biz hech narsa qila olmaymiz"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018, 11:37
"Eybar" bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar "Barselona"ga qarshi o'tkaziladigan LaLiganing 24-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Eybar" ispan grandi bilan o'z maydonida o'ynaydi.

"Barselona"dek jamoaga qarshi bahsda sen muvaffaqiyatli o'ynashing uchun yordam beradigan narsalar bo'lmaydi. Hisobda oldinga chiqib olishing mumkin, ammo ular javob golini urishadi. Bunday o'yinlarni o'tkazganmiz. Biz ishonchli o'yin ko'rsatishimiz kerak. Ammo agar "Barselona" o'z darajasida bo'lsa, biz maydonda hech narsa qila olmaymiz" - deydi Mendilibar.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 17 fevral kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca