Yevropaning yana 2 chempionati to'xtatildi

Eldor Akmurzayev
12 mar 2020
Niderlandiya Eredivizisi hamda birinchi divizion bahslari koronavirus xavfi sabab qoldirildi.

Ushbu qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan va u 31 martgacha o'tkazilishi kerak bo'lgan barcha o'yinlarga taaluqlidir. Niderlandiyada 503 kishi koronavirusga chalingan.

Shuningdek, Chexiya birinchi ligasi hamda 2-divizion o'yinlari ham epidemiya sabab qoldirilgan. Mazkur davlatda esa COVID-19 bilan bog'liq 91 holat aniqlandi.

Avvalroq, Italiya va Ispaniya chempionatlari to'xtatilgan edi. Milliy birinchiliklarning keyingi taqdiri bo'yicha rasmiy qaror esa UEFAning 17 mart kuni o'tkaziladigan videokonferenciyasida e'lon qilinishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru