Yevropada maoshlarga eng ko'p pul sarflaydigan klub nomi ma'lum bo'ldi, bu "Real", Man Siti" va PSJ emas

Оқил Абдубарноев
18 fev 2024, 22:46
Kataloniyaning "Barselona" klubi o'z xodimlariga, jumladan, futbolchilarga ham eng yuqori maosh to'laydi, bu raqamlar UEFA tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasida ma'lum bo'ldi.

Klub har yili maoshlar uchun 639 million evro sarflaydi. Bu jadvalda ikkinchi o'rinni Fransiyaning PSJ klubi egallab turibdi - 617 million evro. Qizig'i shundaki, parijliklarda bu ko'rsatkich 2022 yilga nisbatan 112 million evroga kamaygan - Neymar va Messining ketishi byudjetga shunday foydali ta’sir ko'rsatdi. Uchlikni maosh uchun 554 million evro sarflaydigan “Manchester Siti” yakunlab turibdi. "Real Madrid" esa to'rtinchi o'rinda - 453 million evro.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UEFA