

Unda Fransiyaning "Marsel" va Ispaniyaning "Atletiko" jamoalari o'zaro g'oliblik uchun bellashadilar.
Yevropa ligasiga 1971 yilda asos solingan. Musobaqa 2009 yildan beri hozirgi formatda va ayni paytdagi nom bilan o'tkazib kelinmoqda. Yevropa ligasida eng ko'p Ispaniyaning "Sevilya" klubi g'alaba qozongan. Andalusiyaliklar nufuzi jihatidan ko'xna qitada ikkinchi o'rinda turuvchi musobaqa bosh sovrinini 5 bor boshlari uzra baland ko'tarishgan. Amaldagi g'olib esa Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hisoblanadi.
Yevropa ligasining barcha g'oliblari




