Yevropa ligasi. “Rostov” “Sparta”ga imkoniyat qoldirmadi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017, 01:23
Yevropa ligasi 1/16 finali ilk uchrashuvida “Rostov” futbolchilari “Sparta”ni qabul qilib, yirik g'alabaga erishdi.

Birinchi bo'limning o'zida Mevlya, Poloz va Noboa raqib darvozabonini ranjitdi. Ikkinchi bo'limda “Rostov” va Eron milliy terma jamoasi a'zosi Sardor Azmun o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi-4:0.

Yevropa ligasi, 1/16 final.

Rostov – Sparta – 4:0 (3:0)

Gollar: Mevlya 15, Poloz 37, Noboa 40, Azmun 68

Rostov: Medvedev, Navas, Kudryashov, Granat, Mevlya, Noboa, Eroxin (Prepelice 83), Gackan, Kalachev, Buxarov (Azmun 67), Poloz (Devich 74).

 Sparta: Kubek, Kadlec, Mazux, Kosta, Karavaev, Vaxa (Golek 80), Dochkal (Lafata 87), Konate, Sachek, Yulish, Albyach (Xibs 76).

Ogohlantirish: Konate 20, Dochkal, 35.

Chetlatish: Konate 32 (ikkinchi ogohlantirish).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia