Yevropa ligasi finalida ishlaydigan hakam nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
13 may 2019
UEFA hakamlik qo'mitasi "Chelsi" hamda "Arsenal" o'rtasida bo'ladigan Yevropa ligasi finalini boshqaradigan hakam nomini e'lon qildi.

29 may Bokuda bo'ladigan bahsni italiyalik referi Janluka Rokki boshqaradi.

45 yoshli Rokkiga qanotlarda Filippo Meli va Lorenco Manganelli yordam beradi. To'rtinchi hakam Daniele Orsato. VAR xonasida Massimiliano Iratti, Marko Guida, Shimon Marchinyak va Pavel Sokolnicki ishlashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA