Yevropa klublarining reytingi yangilandi: "Bavariya" yetakchi, "Liverpul" va "Yuve" esa pastladi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2021, 20:05
Euro Club Index tadqiqot portali Yevropadagi eng yaxshi klublar reytingini yangiladi.

TOP-100'da yetakchi sifatida hali hamon “Bavariya” turibdi. “Man Siti” esa “Liverpul”ning o'rnini egallab, 2-pog'onaga ko'tarildi.

Kuchli o'nlik quyidagi ko'rinishda:

1. “Bavariya” – 4400 ball

2. “Man Siti” – 4106

3. “Liverpul– 4011

4. “Barselona” – 3984

5. “Real” – 3888

6. “Atletiko” – 3881

7. PSJ – 3745

8. “Leyptsig” – 3651

9. “Yuventus” – 3641

10. MYU – 3600

Reytingni tuzishda klublarning so'nggi 4 mavsum davomida evrokuboklarda, milliy chempionat va kuboklardagi natijalari hisobga olingan. Bundan tashqari, o'tgan mavsumdagi ko'rsatkichlar yuqori ahamiyat kasb etadi. TOP-100 bilan esa quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euroclubindex.com