Yevropa futbolida porlagan yulduzlar 10 yilda qanday o'zgarishdi?

1 noya 2018, 18:05
Beyl, Krishtianu, Zlatan va yana 10 top-futbolchilar.
2008-2018 yillar mobaynida Yevropa futbolida porlagan va ko'plab muhlislarga ega yulduzlar qanday o'zgarishdi?

Keling, birgalikda ko'rib chiqamiz.

Gonsalo Iguain

2008 yil: Iguain "Real" zahirasidan mustahkam joy olgan payti. O'sha davrda Raul, Robino va van Nistelroy singari futbolchilar "Qirollik" klubini asosiy qurollari hisoblangan.
2018 yil: "Real", "Napoli", "Yuventus" bilan 10ta sovrin yutganidan so'ng, Gonsalo "Milan" klubida to'purarlik mahoratini ko'rsatmoqda.


Gonsalo Iguain


Zlatan Ibragimovich

2008 yil: Zlatan A Seriyada hukmronlik qilgan.
2018 yil: Ibra MLSda yakka hokim bo'lib turibdi. Aytgancha, uning burnida biroz o'sish bo'lganini sezdingizmi? Zlatanning qiyofasi sezilarli o'zgarganini aytmasak ham bo'ladi.


Zlatan Ibragimovich


Ueyn Runi


Rasmni aralashtirib yubormadik. Shunchaki, Ueyn Runi chindan ham 10 yil oldingiga nisbatan yaxshiroq ko'rinadi.

2008 yil: Runi - "MYU" yulduzi, YCHL sohibi va yana Angliya matbuoti uchun stimul bo'ladigan, tartib-intizom masalasida muammoga ega futbolchi.
2018 yil: Ueyn -  bir nechta ajoyib gollari orqali MLS yulduzi.


Ueyn Runi


Krishtianu Ronaldu


2008 yil: Ronaldu o'zinning birinchi YCHL finaliga tayyorgarlik ko'rmoqda.
2018 yil: JCHda o'zining faoliyatidagi "shedevr" golini urish uchun tayyorlanayotgan lahza. 9 yil "Real" safida to'p surib, hamma sovrinlarni qo'lga kiritdi va "Qirollik klubi"ning afsonasiga aylandi.


Krishtianu Ronaldu


Lionel Messi

2008 yil: Hali "Barselona"ning asosiy yulduzi emas (asosiy yulduz Ronaldinyo edi), lekin "Oltin to'p"ga nomzod.
2018 yil: 5 karra "Oltin to'p"sohibi va imidjidagi o'zgarishlar


Lionel Messi


Maruan Fellayni


2008 yil: Belgiyaning "Standard" klubidan "Everton" klubiga 15 million funt (klubning shaxsiy rekord summasi) evaziga o'tgan.
2018 yil: Mourinyo u bilan yangi shartnoma tuzadi. Endi 15 million funt uning narxi emas, balki yillik maoshi hisoblanadi. Maruanning sochlari transfer narxi kabi o'sishga erishdi.


Maruan Fellayni


Marselo


"Real" rahbariyati aytishicha, Marselo o'smirlik paytida, agar uni "Real Madrid" klubida olib qolishsa, hech qachon sochini olmaslikka vada bergan. Balki bu noto'g'ri bo'lishi mumkin. Ammo, so'nggi 10 yilda Marseloning sochlari sezilarli ravishda o'sib bormoqda.
2008 va 2018: Marselo - "Real"ning asosiy chap qanot himoyachisi.


Marselo


Serxio Ramos

2008 yil: 22 yoshli Serxio Ramos - kuchli himoyachi, Ispaniya va "Real"ning asosiy o'yinchisi, shuningdek, uzun sochlari bilan mashhur.
2018 yil: Ko'rinishining o'zi uchrashuvga ta’sir etadi.

Serxio Ramos


Jorjio Kellini

2008 yil: Faoliyatida birinchi bor markaziy himoyachi sifatida o'ynaydi - bungacha chap qanot himoyachisi bo'lgan.
2018 yil: Bir havaskor futbol klubi murabbiyi aytishiga qaraganda, uning burni ilm-fan uchun qurbon bo'lishi kerak.


Djordjo Kellini


Garet Beyl

2008 yil: "Tottenhem"ning umidli chap qanot himoyachisi, 11 million funt evaziga "Sautgempton"dan o'tgan edi.
2018 yil: "Real"ning o'ng qanot vingeri, 100 million funtdan qimmatroq va tez-tez jarohat olib turadi.


Garet Beyl


Aren Robben

2008 yil: Jarohatlar qurboni - o'sha mavsumda 5 marotaba jarohat olgan.  Sog'lom bo'lganida esa, "Real"ning yetakchi o'yinchisi bo'lgan.
2018 yil: "Bavariya" klubida ham ozmi ko'pmi xuddi shu ishni bajarmoqda.


Aren Robben


David Silva

2008 yil: Yevropa chempionatida zafar quchdi. Keyin oyoq to'pig'idagi jarohati sabab uzoq davolandi ("Siti"ga o'tishidan ikki yil oldin).
2018 yil: "Manchester Siti"ning sardori va afsonasi. Shuningdek, Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, ushbu klubni boshqarishining asosiy sababchisi.


David Silva


Diego Kosta

10 yil davomida Diego o'zgarmagan. Uni hech qanaqasiga o'zgartirib bo'lmaydi.

2008 yil: "Albasete" klubida ijarada o'ynab, "Atletiko" asosiy tarkibiga kirish uchun tayyorlanadi.
2018 yil: "Atletiko" asosiy tarkibida, xuddi "Chelsi" jamoasida "komandirovka"da bo'lmagandek.


Diego Kosta


Bonus


Luka Modrich umuman o'zgarmagan. Siz ushubu rasmlarni 10 yil ajratib turganiga ishonasizmi?


Luka Modrich


championat.com saytidan Nodir Abdurasulov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com