Yevropa chempionatida ishtirok etadigan 20ta jamoa nomi ma'lum

14 okt 2015, 02:00
2016 yili Fransiyada navbatdagi Yevropa chempionati bo'lib o'tadi.


Yevropa chempionati saralash bosqichi yakunlandi. Hozirga qadar musobaqada ishtirok etadigan 20ta terma jamoa nomi aniq bo'lib ulgurdi.

Bular: Fransiya, Albaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya, Angliya, Germaniya, Islandiya, Italiya, Shimoliy Irlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Ispaniya, Slovakiya, Shveytsariya, Uels, Xorvatiya va Turkiya terma jamoalari. Shuningdek, yana to'rtta jamoa nomi pley-off o'yinlari orqali aniqlanadi.

Saralash bosqichida o'z guruhlarida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar pley-off o'yinida o'zaro kuch sinashishadi.

Ukraina, Daniya, Shvetsiya, Irlandiya, Sloveniya, Bosniya va Gertsegovina, Norvegiya, va Vengriya jamoalari qolgan to'rtta o'rin uchun bahs boylashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia