Yevropa Chempionati. Turnir g'olibiga topshiriladigan Anri Delone kubogi haqida nimalar bilamiz?

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2016, 15:47
Yevropa chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.


Bugundan boshlab ushbu turnirga oid ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etib boramiz.

Ilk ma'lumotimiz Yevropa chempionlariga topshiriladigan kubok haqida.


Yevropa chempioni qo'lga kiritadigan Anri Delone kubogi - UEFAning birinchi bosh kotibi Anri Delonening sharafiga qo'yilgan. Aynan u Yevropa Chempionatini o'tkazish taklifini o'rtaga tashlagan. Biroq, ilk turnir o'tkazilishiga 5 yil qolganida dunyodan ko'z yumadi. Keyinchalik esa uning farzandi Per Delone ushbu sovrinni yaratish uchun mas'ul bo'lgan.

Ushbu kubok parijlik zargar Mishel Shobiyn tomonidan yasaylgan. Ilk Yevropa chempionatidan buyon turnir g'olibi Anri Delone kubogi bilan taqdirlanadi va kelasi Yevropa birinchiligiga qadar 4 yil davomida o'zida saqlab turishi mumkin.



O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia