Evro-2024da kiyinish xonalarida futbolchilarga etarli joy bo'lmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 may 2024, 13:15
Evro-2024da kiyinish xonalari va zaxira o'rindig'ida futbolchilarga etarlicha joy topilmaslik ehtimoli mavjud.

Gap shundaki, UEFA jamoalarga musobaqa uchun qaydnomaga 26 nafargacha futbolchini kiritishiga ruxsat bergan.

Shu bilan birga, stadion o'rindiqlari 23 nafar o'yinchi uchun mo'ljallangan.

Shu boisdan ham Germaniya futbolchilarga texnik maydondagi chim ustida o'tirishga ruxsat bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail