Evro-2024. Vitaliy Levchenko - Ukraina, Van Bastenning supergoli va syurpiriz haqida

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyun 2024, 19:59
Yevropa chempionati oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning fikrlari bilan qiziqdik.

Avvalroq saytimizda Mirjalol Qosimov, Ro'ziqul Berdiev, Vadim Abramovning musobaqa haqidagi mulohazalari e'tiboringizga havola qilingan edi. 

- Yevropa chempionatida kimga muxlislik qilasiz va nima uchun?
- Ukraina terma jamoasini qo'llab-quvvatlayman. Umid qilamanki, ular sifatli futbol ko'rsatishadi va ijobiy natijalar bilan muxlislarni xursand qilishadi. Bu jamoaning guruhdan chiqishini kutyapman.

- Bu musobaqada qaysi terma jamoa syurpiriz ko'rsatishi mumkin?
- Fikrimcha, Xorvatiya terma jamoasi bu Yevropa chempionatida yana hammani xayron qoldiradi. Ularda juda yaxshi va tajribali jamoa yig'ilgan.

- Birinchi ko'rgan Yevropa chempionatingiz qaysi bo'lgan va nimasi bilan yodda qolgan?
- 1988 yil Germaniya mezbonlik qilgan Yevropa chempionati men kuzatgan musobaqalar ichidagi birinchisi bo'ladi. SSSR terma jamoasining finalga chiqishi va Van Bastenning supergoli. Bu turnirning eng chiroyli goli sifatida tan olingan.

- Musobaqa favoriti kim? Kimda chempionlik uchun imkoniyat yuqori?
- Favorit bitta emas, bir nechta deya olaman. Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiya. Ular orasidan kimdir musobaqada g'olib chiqishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia