Evro-2020'da faoliyat olib boradigan hakamlar ro'yxati e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
21 apr 2021
UEFA rasmiy sayti yozda bo'lib o'tadigan Yevropa chempionati ishlaydigan referilar nomlarini ma'lum qildi

Ro'yxatdan quyidagi hakamlar joy oldi: Sergey Karasev (Rossiya), Feliks Brix, Daniel Shibert (ikkisi - Germaniya), Junayt Chaqir (Turkiya), Karlos Del Serro Grande, Antoniu Mateu Laos (ikkisi - Ispaniya), Andreas Ekberg (Shvetsiya), Orel Grinfeld (Isroil), Ovidiu Xacegan, Ishtvan Kovach (ikkisi - Ruminiya), Born Kaypers, Denni Makkelli (ikkisu - Niderlandiya), Maykl Oliver, Entoni Teylor (ikkisi - Angliya), Daniele Orsato (Italiya), Artur Soaresh Diash (Portugaliya), Kleman Tyurpen (Fransiya) va Slavko Vinchich (Sloveniya).

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'tgan yili bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, pandemiya tufayli u 2021 yilga qoldirildi va UEFA musobaqa nomini o'zgartirmaslikka qaror qildi. Bo'lajak qita birinchiligi 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA