Evro-2020 saralashi. Rossiya o'z tarixidagi eng yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2019, 23:00
Evro-2020ning uchinchi saralash bosqichi I guruhidan o'rin olgan Rossiya hamda San-Marino o'rtasidagi bahsda mezbonlar raqiblarini tor-mor (9:0) keltirishdi.

Uchrashuvda, Artem Dzyuba o'z hisobiga poker yozib qo'ygan bo'lsa, Fyodor Smolov dubl, Anton Miranchuk va Fyodor Kudryashov esa bittadan gol urishdi. Yana bir golni esa Michele Cevoli o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Shu tariqa, rossiyaliklar o'z tarixidagi eng yirik g'alabaga erishdi.

Rossiya – San-Marino 9:0 (4:0, 5:0)

Mordoviya Arena o'yingohi.

Gollar: 1:0 – 25, avtogol Chevoli, 2:0 – 31, penalti Dzyuba, 3:0 – 36 Kudryashov, 4:0 – 41 Miranchuk, 5:0 – 73 Dzyuba, 6:0 – 76 Dzyuba, 7:0 – 77 Smolov, 8:0 – 83 Smolov, 9:0 – 88 Dzyuba.

Rossiya – Gilerme, Djikiya, Fernandes, Semenov, Kudryashov, Zobnin (Barinov, 73), Ozdoev, Golovin, Miranchuk (Smolov, 60), Miranchuk (Ionov, 61), Dzyuba.

San-Marino – Benedettini, Grandoni, Vitayoli, Chevoli, Palacci (Chenzoni, 51), Golinuchchi (Lunadei, 64), Battistini, Mularoni, Golinuchchi, Vitayoli, Rinaldi (Tomassini, 56).

Ogohlantirishlar: Rinaldi (11), Mularoni (17).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia