Evro-2020. Rossiya mana ikkinchi o'yindirki, kiyim almashtirish xonasini tozalab ketmoqda

Aslanov Jasurbek
24 mar 2019, 22:40
Rossiya terma jamoasi bugun Evro-2020ning saralash uchrashuvlari doirasidagi Qozog'iston qarshi kechgan safardagi bahsda yirik hisobda (0:4) g'alaba qozonganidan xabaringiz bor.

Mazkur bahsdan so'ng, rossiyaliklar o'zi uchun biriktirilgan kiyim almashtirish xonasini tartibga keltirib, terma jamoaning twitterʼdagi rasmiy sahifasi orqali mezbonlarga minnatdorchilik bildirishdi.

“Qozog'istonlik hamkasblarimiz, o'yini yuqori saviyada tashkillashtirib, bizni iliq kutib olganingiz uchun katta rahmat. Saralash o'yinlarida sizlarga omad tilaymiz.”, - deyiladi Rossiya futbol federatsiyasining rasmiy sahifasida.

Avvalroq, Stanislav Cherchesov boshchiligidagi terma jamoa saralashning ilk turida Belgiyaga (3:1) qarshi mexmondagi to'qnashuvdan keyin ham xuddi shunday ishga qo'l urgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/TeamRussia