Evro-2020. Ochilish o'yinini Ronalduning toza golini hisoblamagan hakam boshqaradi. Zaxira hakami ayol kishi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2021, 11:26
Ertaga Yevropa chempionati start oladi.

UEFA ochilishi o'yinida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

Unga ko'ra Turkiya va Italiya o'rtasidagi bahsni niderlandiyalik Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu hakam mart oyida JCH-2022 saralashi doirasidagi Portugaliya - Serbiya uchrashuvini boshqargan va so'nggi daqiqalarda Krishtianu Ronalduning toza golini hisobga olmagandi. Hakam keyinroq o'z xatosini tan olib futbolchidan uzr so'ragandi.

Ertangi bahs zaxira hakami sifatida fransiyalik Stefani Frappar ishlaydi. U ayol kishi.





Turkiya - Italiya
11 iyun 2021 yil. Rim. "Olimpiko" stadioni. 23:55
Bosh hakam:
Danni Makkeli (Niderlandiya)
Qanot hakamlari: Xessel Steegstra va Yan de Vris (ikkisi Niderlandiya)
Zaxira hakami: Stefani Frappar (Fransiya)
VAR hakami: Kevin Blom (Niderlandiya)
VAR hakami yordamchilari: Pol van Bukel (Niderlandiya), Kristian Gittelmann (Germaniya), Bastian Dankert (Germaniya)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia