Evro-2020. Italiya Uelsni kichik hisobda mag'lub qildi. Ikki jamoa ham keyingi bosqichda!

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2021, 22:56
Evro-2020 3-turi doirasida Italiya hamda Uels terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi!

Italiya – Uels (1:0)

21.00, “Stadio Olimpiko”

Italiya: Donnaruma (89' Sirigu), Bastoni, Belotti, Bernardeski (74' Raspadori), Bonuchchi (46' Acherbi), Veratti, Jorjino (74' Kristante), Keza, Pessina(97' Kastrovili), Toloi, Emerson

Uels: Uord, Allen (86' Levitt), Ampadu, Ganter, Beyl(86' Bruks), Jeyms (74' Xarri Uilyams), Morrell (60' Mur), Roberts, Rodon, Remzi, Uilyams (86' Deyvis)

Bosh hakam:  Ovidiu Xacegan

Ogohlantirish:  51' Jo Allen, 79' Pessina, 79' Kris Ganter

Chetlatish: 55' Itan Ampadu 

YANGILASH





"A" Guruhining yakuniy jadvali:


90+3 O'yin tugadi! Italiya terma jamoasi 100% lik natija bilan guruh bosqichini yakunladi! Uels ham keyingi boshqichda!

90+1. Ikki jamoani ham ushbu natija qoniqtiradi. Shu sababli ular ortiqcha kuch sarflashmayapti.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Donnaruma zahiraga olinmoqda! Uning o'rniga Salvatore Sirigu maydonga tushdi! Ajoyib, Sirigu ham Evro havosidan bebahra qolmaydigan bo'ldi!

87. Uels tarkibida o'zgarishlar: Devid Bruks Garet Beyl o'rniga, Ben Deyvis Uilyam Nekr o'rniga maydonga tushdi. Jo Allen esa Dilan Levitga o'z o'rnini bo'shatib berdi!

75. Beyl!!! Uelslik futbolchi 5-6 metrlardan to'pni osmonga tepib yubordi.

74. Italiya safida ikki o'zgarish: Kristante Jorjinoning o'rnini egalladi; Bernardeski esa o'z joyini Raspadoriga bo'shatib berdi.

74. Uels tarkibida o'zgarish: Daniel Jeyms o'rniga Xarri Uilyams

"A" Guruhining onlayn jadvali quyidagicha: Uels ikkinchi o'rinni saqlab qolishi iloji boricha gol o'tkazmasligi lozim.

65. Belottining xavfli zarbasini darvozabon Denni Uord qaytardi. Ajoyib seyv!

60. Uels tarkibida o'zgarish. Jozeff Morrel o'rniga Kiffer Mur maydonga tushdi

55. Qizil kartochka! Itan Ampadu juda qo'pol o'ynagani sabab maydondan chetlatildi. Uels bir kishi kam bo'lib qoldi.

53. Zarbaaaaa! Bernarderski amalga oshirgan jarima zarbasi darvoza ustuniga tegdi!

51. Jo Allen (Uels) sariq kartochka bilan jazolandi.

46. O'zgarish. Italiya safida harakat qilgan Leonardo Bonuchchi o'rniga Franchesko Acherbi maydonga tushdi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hakam birinchi taymga bir daqiqa ham qo'shmadi. Tanaffus!

39. GOOOOOOOOOOL! Matteo Pessina Marko Verrattining standarddan uzatgan to'pini darvozaning olis burchagiga joylab qo'ydi 1:0!

37. Belotti yana to'pga yetib borolmadi. Bu safar himoyachilar to'pni jarima maydoniga uzatishgandi.

30. Kezaning  zarbasi himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi!

24. Belottiii! Pas aralash zarbani golga aylantiradigan futbolchi topilmadi.

15. Birinchi aniq zarba! Emerson bergan zarba Uels posboni tomonidan egallab olindi.

12. Bastoning yuqoridan  jarima maydoni ichiga bergan pasiga Belotti yetib bora olmadi, juda xavfli vaziyat.

10. O'yin juda sokin kechmoqda

1. O'yin boshlandi!

Italiyaliklarning madhiya kuylashlari - shunchaki daxshat!

Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Italiya hamda Uels terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyatsiyani boshlaymiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia