Evro-2020. Daniya – Belgiya. Darvozaga umuman zarba bermagan futbolchi "bahs yulduzi" deb topildi

Sherzod Nurmatov
18 iyun 2021, 02:05
Belgiya terma jamoasi Yevropa chempionati "B" guruhi 2-turida Daniyani mag'lub etdi (2:1).

Lukaku ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va "star of the match" ("bahs yulduzi") sovrinini qo'lga kiritdi. 

Qizig'i, hujumchi to'liq 90 daqiqa o'ynab, o'yin davomida biror marta zarba bermadi. Uning aniq paslari esa 50%ni tashkil qildi. Ammo alohida aytish lozim, u 5 marta havodagi kurashda g'olib chiqdi.

Ma'lumot uchun, Romelu birinchi turdagi Rossiya bilan o'yinda (3:0) ham eng yaxshi o'yinchi deb topilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia