
Islaniya terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba ishtirok etayotgan Yevropa chempionatida chorak finalgacha yetib bordi va bugun yarim final uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
"Bizda Respublika kuni deb nomlangan milliy bayramimiz bor va u 17 iyunda nishonlanadi. Ammo tez orada iyun oyida Futbol kuni bayrami ham paydo bo'lishi mumkin. Bu bayram dam oladigan kun bo'lishini bilmayman, chunki bizda qolgan mamlakatlarga qaraganda bayram kunlari ko'p. Ammo hukumatimiz bu mavzuni muhokama qiladi" - deydi Asgeirsdottir.