EVRO-2016. Qur'a tashlash marosimi yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015
Parij shahrida 2016 yilgi Yevropa chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

YANGILASH


Marosimni ushbu sahifa orqali onlayn tarzda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

Demak marosimni Rud Gullit va Biksent Lizarazyu olib borishadi. Sahnada Fransiya milliy raqsi namoyish etildi. Endi EVRO-2016ni qabul qiladigan stadionlar namoyish etilmoqda. Saytimiz orqali barcha stadionlar haqida ma'lumot bergandik.

Hozircha sahnada koncert bo'lmoqda. Endi barcha 24ta jamoa bayroqlariga burkangan yigit qizlar qo'shiq kuylashmoqda. Musobaqaning timsoli "Super Viktor" sahnaga chiqib qolganlar bilan raqsga tushdi.

Gullit va Lizarazyu sahnaga David Gettani taklif qildi. Aynan u EVRO-2016ning madhiyasini kuylaydi. 

Endi Ispaniyani Yevropa chempioni qilgan Visente Del Boske o'z fikrlarini bildirdi va o'z o'rniga borib o'tirdi. 

Tashkilotchilar o'tgan musobaqalarda urilgan chiroyli gollarni eslab o'tishdi.

Sahnaga Antonin Panenka taklif etildi. Chexoslovakiyalik sobiq futbolchi penaltidan antiqa zarba bergan dastlabki inson hisoblanadi. U bilan birga Oliver Birxoff, David Trezege va Angelos Xaristeas ham sahnaga chiqib keldi. 

Albatta, qur'a tashlash marosimi bo'ladiyu Janni Infantino chiqmaydimi? FIFA prezidenti bo'lishga davogar bo'lib turgan Infantino sahnada. 

Demak diqqat qiling qur'a tashlash jarayoni boshlanmoqda...

"A" guruhi: Fransiya, Ruminiya, Albaniya, Shveytsariya.
"B" guruhi: Angliya, Rossiya, Uels, Slovakiya.
"C" guruhi: Germaniya, Ukraina, Polsha, Shimoliy Irlandiya. 
"D" guruhi: Ispaniya, Chexiya, Turkiya, Xorvatiya.
"E" guruhi: Belgiya, Italiya, Irlandiya, Shvetsiya.
"F" guruhi: Portugaliya, Islandiya, Avstriya, Vengriya.


Qaysi biri "o'lim guruhi"?



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia