Evro-2016. Qaysi mamlakatlar mezbonlik uchun kurash olib borgandilar?

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2016, 15:50
Yevropa chempionatlariga oid faktlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Nomzod mamlakatlar:

Italiya - bungacha ikki marotaba Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan (1968, 1980)

Turkiya - avval hech qachon qita chempionatiga mezbonlik qilmagan

Fransiya - bungacha ikki marotaba Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan (1960, 1984)



Dastlabki bosqichda esa yana bir qancha mamlakatlar mezbonlikni qo'lga kiritishga urinib ko'rgandilar:

Norvegiya-Shvetsiya - Shvetsiya 1992 yilda Yevropa chempionatini qabul qilgan. 2009 yilning dekabrida esa hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlov bo'lmagani uchun ariza bekor qilingan.

Shotlandiya-Uels - avval musobaqaga mezbonlik qilmaganlar. Moliyaviy inqiroz sababli nomzod olib tashlangan.

Irlandiya - bungacha musobaqaga mezbonlik qilmagan. Shotlandiya bilan amalga oshmagan muzokaralardan so'ng mezbonlik rejasi ham amalga oshmay qolgan.

Rossiya - bungacha Yevropa chempionatini qabul qilmagan. 2009 yilning dekabrida Sharqiy Yevropada ketma-ket 2 marta turnir o'tkazish imkoni bo'lmagani uchun kurashdan chiqqan.



Ovoz berishning yakuniy bosqichi:

Mamlakat  1-raund  2-raund

Fransiya         43           7

Turkiya           38           6

Italiya           23           -


Shu tariqa Fransiya Evro-2016 mezbonligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia