

Xojson 24 yoshli futbolchi musobaqadan oldingi 3ta o'rtoqlik uchrashuvi davomida o'z formasiga qaytishiga umid qilmoqda.
Avgust oyida Uilsher chap oyog'i suyagini sindirib olgandi va mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi. U 24 aprel kuni Sanderlendga qarshi o'yinda (0:0) zaxiradan maydonga tushib 5 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Evro-2016da Rossiya, Uels va Slovakiya bilan bir guruhdan o'rin olgan.



